آسیا (Osiyo) gazetasi, 2-son

آسیا (Osiyo) gazetasi, 2-son

Toshkentda 1908-yilda chiqqan “Osiyo” gazetasining 2-soni. Gazeta idorasi Mulla Abdulla Avloniyning hovlisida joylashgan.

Sarlavhadagi sana: hijriy 1326-yil 6-rabi’ us-soniy, payshanba – milodiy 1908-yil 24-aprel. Ta’sis sanasi – hijriy 1326-yil rabi’ ul-avval. Gazetada yozilishicha, “idoramiz Toshkandda Sapyorniy ko‘chada Mullo Abdulla Avlonov hovlisida bo‘lub, juma, hayit kunlaridan boshqa har kuni ochiqdur, ertalab soat 9 dan kechki soat 8 gacha”. Ruscha manzil: «ТАШКЕНТЪ, Саперная ул., № 26, ред. газеты „АЗІЯ“». Muharrir va noshiri – Ahmadjon Bektemirov. Gazeta o‘z maslagini shunday bayon qiladi: “milliy va taraqqiyparvar bo‘lib, umuman musulmonlarni jaholat, vahshat va nafsoniyat balolaridan qutqaruvchi ilm, ittifoq va haqqoniyat yo‘liga da’vat qilmoqdur”. Gazeta haftada bir-ikki marta chiqqan; bir nusxasi 5 tiyin.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0280
Turi
gazeta
Janri
Gazeta
Asl nomi
آسیا (gazetaning o‘z yozuvida); ruscha: „АЗІЯ“
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
muharrir va noshiri – Ahmadjon Bektemirov (gazetada: “محرر وناشری: احمدجان بیکتیمروف”); idorasi – Mulla Abdulla Avlonov hovlisida
Yili
hijriy 1326-yil 6-rabi’ us-soniy, payshanba – milodiy 1908-yil 24-aprel (yangi hisobda 7-may)
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Muzeydagi belgilar
Varaq chetlari yirtilgan, sarg‘aygan

Elektron nusxasini varaqlash (8 bet)

Bogʻliq eksponatlar: شهرت (Shuhrat) gazetasi, 5-son

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali