“Qotili Karima” spektakli dasturi (shikastlangan nusxa)
varaq o‘rtasi yirtilgan, yuqori qismi (spektakl nomi) saqlanmagan
Toshkentdagi Yozgi shahar teatrida 1916-yil 10-mayda qo‘yilgan “Qotili Karima” dramasining ikki tilli dasturi; varaqning o‘rtasi yirtilgan, yuqori qismi saqlanmagan. Mas’ul mudir – Abdulla Avloniy.
Spektakl qatnashchilari ro‘yxati: Rabil Rishar, Marvorid xonim (Rabilning xotini), Marjon xonim (boyning qizi), Otaliq (boyning o‘g‘li), Ortiq (Marjonning kuyovi), Platon (sinib qolgan savdogarning o‘g‘li), Muxlis (jallod, Platonning otasi), Zeron (2-jallod), Karlos (zindonbon) va boshqalar; rollarda I. M. Xo‘jayev, M. Yoqubov, S. va N. Isomiddin Xo‘jayevlar, G‘. Zafariy va boshqalar. Tanaffuslarda Abdurahimboy o‘g‘li boshchiligidagi musulmon sozandalari milliy marshlar ijro etishi, o‘yin kechki soat 8 da boshlanishi aytilgan. Mas’ul mudir (ответственный распорядитель) – A. Avloniy, rejissyor – N. Isomiddin Xo‘ja o‘g‘li (Н. Исаметдинъ-Ходжаевъ), suflyor – M. Sher Muhammad o‘g‘li (Шеръ-Махомедовъ). Dastur qaysi spektaklga tegishli ekani shu dasturning to‘liq saqlangan nusxasi (AAM-0270) bilan solishtirib aniqlandi: rollar, ijrochilar va pastki qismdagi yozuvlar aynan bir xil.
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0061
- Turi
- hujjat (mayda bosma nashr)
- Janri
- Teatr dasturi
- Muallifi
- “Turon” teatr truppasi (Toshkent)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Yili
- 1916-yil 10-may (yangi hisobda 23-may) – to‘liq nusxasi AAM-0270 bo‘yicha
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Bosmaxona nomi pastki qatorda (o‘qib bo‘lmaydi)
- Tili
- o‘zbek tili (eski o‘zbek tili) va rus tili
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida) va kirill yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Varaq yirtilgan, qog‘oz sarg‘aygan
Bogʻliq eksponatlar: “Qotili Karima” spektakli dasturi (1916), Bir muqovaga tikilgan 11 kitob: ozarbayjon dramaturgiyasi – opera librettolari va pyesalar (Boku, Tiflis, 1912–1915)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.