“Qotili Karima” spektakli dasturi (1916)

“Qotili Karima” spektakli dasturi (1916)

Toshkentdagi Yozgi shahar teatrida 1916-yil 10-mayda mahalliy musulmon havaskorlari qo‘ygan “Qotili Karima” (“Qizini o‘ldirgan”) dramasining ikki tilli dasturi. Mas’ul mudir – Abdulla Avloniy.

Varaqning bir tomoni o‘zbekcha (arab yozuvida), ikkinchi tomoni ruscha. Ruscha tomonga ko‘ra spektakl seshanba kuni, 10-mayda (yangi hisobda 23-may) “sart tilida” qo‘yilgan; besh pardali drama, muallifi – A. F. Mustafa. Rollar va ijrochilar: Rabil Rishar, general-millioner – M. Mirazimov; uning xotini Margarita (o‘zbekcha matnda Marvarid xonim) – Jahongiriy; qizi Marjon xonim – Sobiriy; Otaliq – I. M. Xo‘jayev; Ortiq, Marjonning kuyovi – M. Yoqubov; Jo‘lon, xizmatkor – S. Isomiddinxo‘jayev; Platon (o‘zbekcha matnda Falotun), qizning oshig‘i – N. Isomiddinxo‘jayev; Muxlis, jallod, Platonning otasi – A. Belgili; Zeron, ikkinchi jallod – I. M. Xo‘jayev; Karlos, zindonbon – M. Poshshoxo‘jayev; askarlar – G‘. Zafariy va boshqalar. Tanaffuslarda A. Rahimboyev boshchiligidagi sozandalar milliy marshlar chalgan. Spektakl kechki soat 8 da boshlangan. Mas’ul mudir – A. Avloniy, rejissyor – N. Isomiddinxo‘jayev, suflyor – M. Shermuhammad o‘g‘li. Shu dasturning yana bir, shikastlangan nusxasi – AAM-0061; pyesaning Bokuda bosilgan ozarbayjoncha nashri – AAM-0246 tarkibida.

Turkum
Hujjatlar
Inventar raqami
AAM-0270
Turi
hujjat – teatr dasturi
Janri
Teatr dasturi
Asl nomi
ПРОГРАММА. Лѣтній Городской Театръ … КАТЫЛЯ КАРИМА (УБІЙЦА ДОЧЕРИ) / قاتل کریمه (dasturning o‘z yozuvida)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
Mahalliy musulmon havaskor aktyorlar; mas’ul mudir A. Avloniy
Yili
1916-yil 10-may, seshanba (yangi hisobda 23-may)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
General-gubernator devonxonasi bosmaxonasi («Типогр. Канц. Г.-Губерн.»)
Tili
o‘zbek tili va rus tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida) va kirill yozuvi (1918-yilgacha bo‘lgan eski rus imlosi)
Hajmi
1 varaq (ikki tomoni)
Muzeydagi belgilar
Varaqning yuqori qismida yirtiq izlari

Asl matni

ПРОГРАММА. Лѣтній Городской Театръ. Во вторникъ 10-го мая. Мѣстными Мусульманскими любителями драматическаго искусства данъ будетъ спектакль на Сартовскомъ языкѣ. Поставлено будетъ: КАТЫЛЯ КАРИМА (УБІЙЦА ДОЧЕРИ). Драма въ 5-ти дѣйствіяхъ, сочиненіе А. Ф. МУСТАФА. Дѣйствующія лица: Рабиль-Ришаръ, генералъ-милліонеръ – М. Миръ-Азимовъ; Маргарита, его жена – Джангири; … Оталыкъ – И. М. Ходжаевъ; Ортыкъ, женихъ Марджана – М. Якубовъ; Джюнъ, слуга Рабиля – С. Исаметдинъ-Ходжаевъ; Платонъ, сынъ разорившагося купца – Н. Исаметдинъ-Ходжаевъ; Мухлисъ, палачъ, отецъ Платона – А. Бельгели; Зеронъ, II-й палачъ – И. М. Ходжаевъ; Карлосъ, сторожъ (зиндана, темницы) – М. Паша-Ходжаевъ; Тѣлохранители и Полисмены и др. Начало спектакля въ 8 ч. веч. Во время антрактовъ играетъ Туземный оркестръ подъ управл. А. РАХИМБАЕВА. Отвѣтственный распорядитель А. Авляни. Режиссеръ Н. Исаметдинъ-Ходжаевъ. Суфлеръ Шеръ-Махомедовъ. تاشکند شهریده ۱۰نچی مای ده ۱۹۱٦نچی یلده بیرلیك تیاترو هوسکارلری طرفیدن اوینالادورگان تیاترونڭ مرامنامه‌سی … قاتل کریمه … تنفس وقتلرنده بیرلیك مسلمان سازنده‌لریدن عبدالله رحیم‌بای اوغلی‌نڭ تخت اداره‌سیده ملی مرشلر … اویون باشلانادر کیچ ساعت ۸ ده. سوفلور: م. شیر محمد اوغلی. مدیر مسئول: ع. اولانی. ریژیسور: ن. عصام‌الدین خواجه اوغلی.

Elektron nusxasini varaqlash (2 bet)

Bogʻliq eksponatlar: “Qotili Karima” spektakli dasturi (shikastlangan nusxa), Bir muqovaga tikilgan 11 kitob: ozarbayjon dramaturgiyasi – opera librettolari va pyesalar (Boku, Tiflis, 1912–1915)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali