Pinak (Abdulla Avloniy komediyasining qo‘lyozma nusxasi)
Abdulla Avloniyning “Pinak” nomli bir pardali sahna asari ko‘chirilgan qo‘lyozma daftar; muqovasida “A. Avloniy” deb yozilgan.
Jigarrang qog‘oz muqovali, chiziqli varaqli daftar; matn arab yozuvida (1920-yillardagi isloh qilingan imloda) siyohda yozilgan. Muqovada “ع. اولانی” (A. Avloniy), bezakli harflar bilan “پینك” (Pinak) va “Turkiston turmushidan olingan bir pardali …” degan yozuv (oxiri aniq o‘qilmadi), pastida sana bor. Muqova ichida ishtirok etuvchilar ro‘yxati. Matn “Sahna: … Tursun ko‘knori o‘tirgan holda parda ochilur. Tursun: (xalqqa qarab) Alhamdulillah, bu kun…” deb boshlanadi. Betlar qalamda raqamlangan. Daftarni kim ko‘chirgani ma’lum emas.
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0272
- Turi
- qo‘lyozma – sahna asari matni
- Janri
- Dramaturgiya (komediya), qo‘lyozma
- Asl nomi
- ع. اولانی. پینك (daftar muqovasida)
- Muallifi
- Abdulla Avloniy (asar muallifi); ko‘chiruvchi noma’lum
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
- O‘lchami
- taxm. 18,7 × 27 sm
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada qo‘lda yozilgan sarlavha va sana; betlar qalamda raqamlangan
Elektron nusxasini varaqlash (8 bet)
Bogʻliq eksponatlar: Toshkent tongi. She’rlar, masallar, rivoyatlar, dramalar
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.