Teatrda xor bilan o‘qiladigan she’rlar dasturi (Abdulla Avloniy she’rlari)

Teatrda xor bilan o‘qiladigan she’rlar dasturi (Abdulla Avloniy she’rlari)

Teatrda “jonli surat” ko‘rinishida xor bilan ijro etiladigan she’rlarning bosma dasturi; she’rlar ostida “shoiri Abdulla Avloniy” deb ko‘rsatilgan.

Varaqqa she’rlar ikki ustunda terib bosilgan. Sarlavhasi: “Jonli suratda tiyotruda xor ila o‘quladurgon she’rlarning maromnomasi”. She’rlar bo‘limlarga ajratilib, qaysi kuyga aytilishi ko‘rsatilgan, masalan, “Ko‘knori va qimorboz” – “Yalama yorim” ohangiga; “To‘y haqida” va boshqalar. Ikkala ustun oxirida ham “Shoiri Abdulla Avloniy” deb yozilgan. She’rlarda Avloniyning taxalluslaridan biri – “Hijron” ham uchraydi. Sana va bosmaxona ko‘rsatilmagan.

Turkum
Hujjatlar
Inventar raqami
AAM-0271
Turi
hujjat – teatr dasturi (bosma varaq)
Janri
Teatr dasturi, she’riyat
Asl nomi
جانلی صورتده تیاتروده خور ایله اوقولادرکان شعرلرننگ (مرامنامه‌سی) (varaqning o‘z yozuvida)
Muallifi
Abdulla Avloniy (she’rlar muallifi)
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Hajmi
1 varaq
O‘lchami
23 × 29,4 sm

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali