Zarbdor bileti (Abdulla Avloniy surati bilan)

Zarbdor bileti (Abdulla Avloniy surati bilan)

1930-yillarda ilg‘or ishchilarga beriladigan “zarbdor” (udarnik) bileti; to‘ldirilmagan, ichiga Abdulla Avloniyning surati yopishtirilgan.

Blankada quyidagi bandlar bor: familiya, ism va ota ismi; ish joyi; bo‘lim (sex) va brigada; brigadaga kirgan vaqti; kasaba uyushmasi a’zoligi va bilet raqami; bilet berilgan sana («193_ г.»); ishlab chiqarish kengashi rahbari imzosi; o‘ng tomonida amal qilish muddati, uni uzaytirish, “o‘zini mustahkamlash” va zarbdorni mukofotlash haqidagi belgilar uchun joylar. Bandlar to‘ldirilmagan, chap tomonga Avloniyning oval surati yopishtirilgan. Jigarrang muqovasida «БИЛЕТ УДАРНИКА» va «Ударник – передовой борец за дело социализма» yozuvlari bor.

Turkum
Hujjatlar
Inventar raqami
AAM-0268
Turi
hujjat – zarbdor bileti (to‘ldirilmagan blanka)
Janri
Shaxsiy hujjat
Asl nomi
БИЛЕТ УДАРНИКА (biletning o‘z yozuvida)
Yili
taxm. 1930–1934; blankada «193_ г.»
Tili
rus tili
Yozuvi
kirill yozuvi
Hajmi
2 bet (ichki tomoni va muqovasi)
O‘lchami
ochiq holda 22 × 7,5 sm
Muzeydagi belgilar
Avloniyning oval surati yopishtirilgan; blanka to‘ldirilmagan

Elektron nusxasini varaqlash (2 bet)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali