O‘zbek tili imlosi bo‘yicha respublika ilmiy konferensiyasi chaqirilishi haqida xat (1933)
O‘zbekiston Yangi alifbo va terminologiya markaziy qo‘mitasining (J.Ə. va T MQ / CK NAT) idoralarga xati – o‘zbekcha (lotin yozuvida) va ruscha
O‘zbek tili imlosi bo‘yicha 1934-yil yanvarida respublika ilmiy konferensiyasi chaqirilishi haqida Yangi alifbo qo‘mitasining 1933-yilgi xati.
Direktiv idoralar qaroriga muvofiq 1934-yil yanvar boshida Toshkentda o‘zbek tilining imlosiga doir jumhuriyat ilmiy konferensiyasi chaqirilishi, shu munosabat bilan yangi imlo loyihasi nusxalari yuborilayotgani, uni tashkilot majlislarida muhokama qilib, jamoat fikrini tayyorlash so‘ralgani haqida; vakil uchun alohida taklifnoma yuborilishi aytilgan. Xat O‘rta Osiyo Kommunistik universitetiga (SAKU) yuborilgan.
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0090
- Turi
- hujjat
- Janri
- Idoraviy hujjat (til siyosati tarixi)
- Asl nomi
- В соответствии с решением директивных органов в начале января 1934 г. в гор. Ташкенте созывается республиканская научная конференция по вопросу узбекской орфографии…
- Muallifi
- Yangi alifbo va terminologiya markaziy qo‘mitasi: mas’ul kotib – Abdova (?), ish yurituvchi – Sayidxonova (?); ruscha matnda mas’ul kotib – Amirov
- Nashr joyi
- Toshkent
- Yili
- 1933 (dekabr; qabul qilingan sana yozuvi “12/XII-33”)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Mashinkada ikki ustunda (o‘zbekcha lotin va ruscha) yozilgan; burchakda idora shtampi va qo‘lda yozilgan “САКУ”, “695”, “14259(?)” qaydlari
- Tili
- o‘zbek va rus tillari
- Yozuvi
- lotin (1929–1940-yillar alifbosi) va kirill yozuvi
- Hajmi
- 1 varaq
- Muzeydagi belgilar
- Qog‘oz buklangan, chetlari sarg‘aygan, dog‘lar bor
Elektron nusxasini varaqlash (1 bet)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.