“…qilurlar” va “…qolmas” radifli she’rlarning arab yozuvidagi qo‘lyozmasi
Arab yozuvidagi qo‘lyozma: “qilurlar” va “qolmas” radifli she’rlar; muallif aniqlanmagan.
Chap betda “qilurlar” radifli she’r (masalan: “Tanbur dutor aylab ne taqrir qilurlar…”), o‘ng betda “qolmas” radifli she’r. O‘ng betdagi she’r AAM-0078 dagi kirill yozuvidagi ko‘chirma bilan bir xil radifda – kirillcha nusxa shu qo‘lyozmadan ko‘chirilgan bo‘lishi ehtimoli bor (belgilangan satrlar shundan dalolat beradi).
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0089
- Turi
- qo‘lyozma
- Janri
- Qo‘lyozma (she’r)
- Muallifi
- muallif ko‘rsatilmagan
- Yili
- aniqlanmadi (XX asrning 1-yarmi bo‘lishi ehtimoli bor)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Chiziqli daftar varag‘iga qora siyoh/qalam bilan arab yozuvida yozilgan; o‘ng betdagi satrlar ko‘k qalam bilan belgilab chiqilgan
- Tili
- o‘zbek tili (eski o‘zbek tili)
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (qo‘lyozma)
- Hajmi
- 1 varaq (ikki bet)
- Muzeydagi belgilar
- Varaq buklangan, o‘rtasi yirtilgan; ko‘k qalam bilan “✓” belgilari
Elektron nusxasini varaqlash (1 bet)
Bogʻliq eksponatlar: “…qolmas” radifli she’rning qo‘lyozma nusxasi
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.