Adab saboqlari

Adab saboqlari

Amon Zarifovning Sharq ma’rifati, ilm, hunar va odob-axloqqa oid durdonalardan tuzilgan tarbiya qo‘llanmasi.

Tajribali tarbiyachi va kitobshunos Amon Zarifovning Sharq ma’rifati asoslari, adabiyot, ilm, hunar va axloqqa oid durdonalardan tuzilgan risolasi; tarbiyachilar, ota-onalar va o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Mundarija: “Tarbiya sarchashmasi”, “Sharqda maorif”, “Qur’oni karim”, “Muhammad payg‘ambar”, “Islom dini”, “Hadis”, “Sunnat”, “Qobusnoma”, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Abdulla Avloniy (87-bet), Hamza, “Dono deydilar”, “Dono(?) xazinasidan”, “Maqollar”, I–XI sinflar uchun namunaviy reja (ikki varianti).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0062
Turi
kitob
Janri
Pedagogika – odob-axloq tarbiyasi bo‘yicha qo‘llanma
Muallifi
Amon Zarifov
Nashr joyi
Buxoro (taxminan)
Yili
aniqlanmadi (mazmuniga ko‘ra 1990-yillar)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
So‘zboshi – Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Zubaydullo Abdullayev; taqrizchilar – filologiya fanlari doktori, professor X. E. Ne’matov, shoir va islomshunos Sadriddin Salimov; muharrir – Buxoro viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti tarbiya kafedrasi mudiri Nazira Sattorova
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
kirill yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada raqamli yorliq (qisman ko‘rinadi)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali