İhtizâr (Jon talvasasi) – tituli yo‘q nusxa; ichida “Hasta İken” (“Xasta ekan”) va “Verven” hikoyalari
Usmonli turkchasidagi hikoyalar kitobi, titul beti yo‘q; ichida “Xasta ekan” va “Verven” hikoyalari bor.
Usmonli turkchasidagi hikoyalar kitobi; “Xasta ekan” hikoyasida xotinining kasalligidan tashvishga tushgan er kechinmalari tasvirlanadi; oxirgi hikoya Vahob va Jalol degan qahramonlarning suhbati bilan tugaydi (“1315, Tarabya”). Hikoyalar ithof bilan berilgan: “Hasta İken” – Mehmed Jovidga (“محمد جاویده”), “Verven” – Husayn Johidga (“حسین جاهده”). Shu asarning boshqa nusxasi – AAM-0070.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0056
- Turi
- kitob
- Janri
- Badiiy nasr (hikoyalar)
- Muallifi
- Mehmed Rauf (Mehmed Raûf) – tituli yo‘q; kitob AAM-0070 (“İhtizâr”) bilan solishtirib aniqlandi: bosilishi bir xil, AAM-0070 dagi muzey kartochkasida to‘plam hikoyalari qatorida “Хаста экан” ham yozilgan; adabiyotlarda “Verven” hikoyasi ham shu to‘plamda bosilgani qayd etilgan
- Nashr joyi
- Istanbul (taxminan)
- Nashriyot
- tituli yo‘q; AAM-0070 bo‘yicha – Hilol matbaasi, Istanbul
- Yili
- tituli yo‘q; AAM-0070 bo‘yicha – 1325 (1909); hikoya oxirida “Tarabya, 1315” (1899–1900) sanasi bor
- Tili
- usmonli turk tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Qog‘oz namlikdan dog‘langan
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.