Intilish. She’rlar to‘plami

Intilish. She’rlar to‘plami

O‘rta maktablar uchun zamonaviy o‘zbek shoirlari she’rlaridan tuzilgan to‘plam: Botu, Cho‘lpon, Oybek, Elbek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Uyg‘un va boshqalar; tuzuvchi – Yo‘qsul.

“Bir iki sөz” so‘zboshisi (Samarqand, 1929-yil 20-may): o‘rta maktablarda adabiyot darslari uchun yangi alifboda hikoya va she’rlar to‘plami tuzish vazifasi haqida. Mundarijada shoirlar bo‘yicha bo‘limlar: Botu, Shokir Sulaymon, Abdulla Alaviy, Cho‘lpon, Oybek, Rafiqiy, Majidiy, Elbek, G‘ulom Zafariy, Rahim Ali, N. Rahimiy, Bektosh, Hamid Olimjon, Mirtemir, Oltoy, Uyg‘un, Oydin, Botir, Yashin, G‘ayratiy, Muzayyana, Gulbek, Yo‘qsul, Mahbuba, Toshpo‘lat Sa’diy, X. To‘laxonova, Sobir Abdulla; oxirida “Turli she’rlar” (189-betgacha).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0224
Turi
kitob
Janri
She’riyat – zamonaviy o‘zbek shoirlari antologiyasi (o‘rta maktablar uchun)
Asl nomi
Intiliş. Өzʙekistan Dəvlət Nəşrijatь, Samarqand – 1930 – Taşkent (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: На узбекском языке. Составитель Юксул. “Интилиш” (сборник стихов). Узбекское Государственное Издательство. Самарканд – 1930 – Ташкент
Muallifi
Tuzuvchi Yo‘qsul (orqa muqovada: Составитель Юксул); so‘zboshi ostida: “Tyzyvcilər” (tuzuvchilar)
Nashr joyi
Samarqand – Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston davlat nashriyoti
Yili
1930
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
narxi 1 so‘m 30 tiyin; Uzlit № 3628; buyurtma № 5088; adadi 5000; Toshkent, O‘zpoligraftrestning 1-bosmaxonasi; rangli rasmli muqova; shoirlar suratlari bilan
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Hajmi
191 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha)
Muzeydagi belgilar
Muqova tepasida raqamli yorliq; orqa muqovada qalam chiziqlari; betlarda namlik dog‘lari, muqova chetlari uvalangan; bir betga qog‘oz xatcho‘p yopishgan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali