Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri

Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri

Ahmad Rafiqning usmonli tarixining “Lola davri” (1718–1730) haqidagi tarixiy asari; titul beti bor nusxa.

Bag‘ishlov beti (“… Tavfiq Fikrat bekka”); “Lola davri (1130–1143)” matni boshi.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0227
Turi
kitob
Janri
Tarix – tarixiy ocherk
Asl nomi
تتبعات تاریخیه صحیفه‌لری. احمد رفیق. لاله دوری (١١٣٠ – ١١٤٣). طابع و ناشری: مختار خالد كتابخانه‌سی – استانبول (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Ahmad Rafiq (titulda: احمد رفیق; Ahmed Refik)
Nashr joyi
Istanbul
Nashriyot
matbaachi va noshiri: Muxtor Xolid kutubxonasi
Yili
1331 (hijriy bo‘lsa 1912–1913, rumiy bo‘lsa 1915–1916; titulda hisob turi ko‘rsatilmagan)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
“Tatabbu’oti tarixiya sahifalari” turkumi; birinchi bosilishi (titulda: “برنجی طبع”); titulda mazmun satrlari: “O‘n ikkinchi asrda usmonlilar – Ahmadi solis va Ibrohim posho – usmonlilar va G‘arb madaniyati – matbaachilik – lola qiziqishi – shoir Nadim – 1143 isyoni – Patrona Xalil – Mahmudi avval – Xumbarachi Ahmad posho”; orqa muqovada muallifning boshqa asarlari ro‘yxati
Tili
usmonli turk tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Orqa muqovada “277” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “71 – Татаббуот саҳифалари. 1331 ҳ. Лола даври. Аҳмад Рафиқ” (birinchi so‘z taxminiy o‘qilishi); titulning pastki chap burchagida qora siyohda imzo va o‘rtasida qalamda imzo (o‘qilmadi; shunga o‘xshash imzo AAM-0010, AAM-0059, AAM-0070, AAM-0077 da ham bor – ehtimol, oldingi egasiniki). Muqova yirtilgan, yon tomoni qog‘oz bilan yamalgan. Shu asarning boshqa nusxasi – AAM-0031 (“279” yorliqli)

Bogʻliq eksponatlar: Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri (boshqa nusxa)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali