Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri (boshqa nusxa)

Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri (boshqa nusxa)

XVIII asr Usmonli tarixi

Usmonli tarixining “Lola davri” (1718–1730) haqidagi tarixiy asar. Shu asarning boshqa nusxasi – AAM-0227.

Usmonli tarixining “Lola davri” (1718–1730) – Istanbuldagi saroy hayoti, Patrona Xalil qo‘zg‘oloni, “Tarixi Subhiy” kabi manbalarga havolalar; “Xumbarachi Ahmad Posho” (Bonneval) bobida Usmonli qo‘shinidagi islohotlar hikoya qilinadi.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0031
Turi
kitob
Janri
Tarix (Usmonli imperiyasi, Lola davri)
Asl nomi
لاله دوری (kitobning o‘z yozuvida; betlar tepasidagi sarlavha)
Muallifi
Ahmad Rafiq (Ahmed Refik, 1881–1937). Asar betlar tepasidagi “لاله دوری” (“Lola davri”) sarlavhasi hamda shu asarning muzeydagi titulli nusxasi – AAM-0227 (titulda: “احمد رفیق”) bilan solishtirib aniqlandi
Nashr joyi
Istanbul (asarning 1331-yilgi nashrlari bo‘yicha)
Yili
aniqlanmagan; asarning birinchi bosilishi – 1331 (hijriy bo‘lsa 1912–1913, rumiy bo‘lsa 1915–1916)
Tili
usmonli turk tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada “279” raqamli yorliq; ba’zi betlarda namlik dog‘lari. Shu asarning titulli nusxasi (birinchi bosilishi, “277” yorliqli) – AAM-0227

Bogʻliq eksponatlar: Lâle Devri (1130–1143) – Lola davri

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali