Duolar va fiqhga oid majmua (qo‘lyozma)
nomi ko‘rsatilmagan; arabcha duo va munojotlar, hanafiy fiqhiga oid matn, forscha va turkiy she’rlar
Arabcha duolar, munojot va hanafiy fiqhining tahorat masalalari bitilgan qo‘lyozma majmua; hoshiyada forscha izohlar, turkiy she’riy satrlar bor.
Bismilloh bilan boshlanadigan arabcha duolar (istig‘for, kalimai shahodat va boshqalar); “Yo Rabbi, Allohumma anta-l-Aziz va ana-z-zalil…” tarzidagi munojot; hanafiy fiqhining tahorat va hayz (ayollarga oid) masalalari bayon qilingan arabcha matni, satrlar orasida va hoshiyada forscha izohlar bilan; yopishtirilgan eski varaqda forscha she’r, bo‘sh betlarda turkiy (chig‘atoy) she’riy satrlar. Asar nomi va kotibi aniqlanmagan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0034
- Turi
- qo‘lyozma
- Janri
- Qo‘lyozma majmua (diniy-ma’rifiy)
- Muallifi
- noma’lum (kotib ko‘rsatilmagan)
- Yili
- taxm. XIX – XX asr boshi
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Qo‘lda ko‘chirilgan; qora va qizil siyoh; boshidagi varaqlar pushti rangli qog‘oz, asosiy qismi sarg‘ish qog‘ozda; muqovasi abr (adras) mato bilan qoplangan kichik hajmli kitob
- Tili
- arab, fors va turkiy (chig‘atoy) tillari
- Yozuvi
- arab yozuvi (nasta’liq va nasx)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “57” raqamli yorliq; hoshiyalarda keyingi davr egalarining yozuvlari
Elektron nusxasini varaqlash (34 bet)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.