Rahbar-i forsiy (Fors tili qo‘llanmasi) – ikkinchi nusxa

Rahbar-i forsiy (Fors tili qo‘llanmasi) – ikkinchi nusxa

Muhammad Rasul Rasuliy tuzgan fors tili qo‘llanmasi – “Rahbari forsiy”ning muzeydagi ikkinchi nusxasi.

Raqamlangan darslar: qoida, forscha jumlalar, turkiy jumlalar, lug‘atlar; boshida mundarija jadvali.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0226
Turi
kitob (toshbosma)
Janri
Darslik – fors tili qo‘llanmasi
Asl nomi
رهبر فارسی. … ناشری: توركستان كتبخانه‌سی. اصلاح ایتیلوب ٣ نچی مرتبه باسیلدی. … مرتبی: محمد رسول رسولی (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
tuzuvchi Muhammad Rasul Rasuliy (titulda: “مرتبی: محمد رسول رسولی”)
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
“Turkiston kutubxonasi” (noshir)
Yili
1336 hijriy – 1917 milodiy (titulda ikkalasi ham ko‘rsatilgan); oxirgi betda 1335 hijriy – 1917
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
toshbosma; G‘. H. Orifjonov litografiyasi, Toshkent (Лит. Г. Х. Арифджанова въ Ташкентѣ); isloh etilib uchinchi marta bosilgan; “takror tab’i murattibiga maxsus”; titulda narx joyi bo‘sh
Tili
fors tili (izohlari turkiy – o‘zbek tilida)
Yozuvi
arab yozuvi
Hajmi
84 bet – oxirgi betning raqami
Muzeydagi belgilar
Muqova tepasida raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “99 – Раҳбари форси. Туркистон кутубхонаси. Мулла Муҳаммад Расули. 1917 Ташкент (2 экземпляра)”. Shu kitobning birinchi nusxasi – AAM-0110

Bogʻliq eksponatlar: رهبر فارسی (Rahbari forsiy – Fors tili qo‘llanmasi), Rahbar-i forsiy (Fors tili qo‘llanmasi) – ikkinchi bosilishi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali