Siyosiy savod kitobi

Siyosiy savod kitobi

P. Kovalenkoning siyosiy savod darsligi, o‘zbekcha tarjima.

“Kitobga fihrist” – 16 bob: kitobning o‘zbekcha nashriga muqaddima, ilk burungi jamiyatdan kapitalizmga, jahongirlik va ijtimoiy inqilob, kommunizm, birinchi baynalmilal va Parij kommunasi, Rusiya bolsheviklar firqasi tarixi, ishchilar diktaturasi va Sho‘rolar Rusiyasi, kasaba soyuzlari, milliyat masalasi va b.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0223
Turi
kitob
Janri
Siyosiy adabiyot – darslik (tarjima)
Asl nomi
توركستان كامونیستلەر فرقەسی. پ. كاوالینكە. سیاسی ساواد كیتابی. (اینسیرتف و زاحاروف تامانلاریدان ایشلەنوب اوزگەرتلدی). توركستان دەولەت نەشریاتی، 1923 نچی یل، تاشكینت (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Политграмота. По Коваленко, в переработке Инзертова и Захарова … Туркестанское Государственное Издательство. Ташкент, 1923 г. (orqa muqova; xira)
Muallifi
P. Kovalenko (titulda: پ. كاوالینكە); Inzertov va Zaharov qayta ishlab o‘zgartirgan; so‘zboshi ostida: N. Zaharov
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
Turkiston davlat nashriyoti; Turkiston Kommunistlar firqasi nashri
Yili
1923
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
shior: “Butun dunyo mehnatkashlari, birlashingiz!”; kulrang muqova
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Hajmi
135 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha); oxirgi matn beti – 134
Muzeydagi belgilar
Ichki muqovada muzey kartochkasi: “168 [o‘chirilgan] 59 – Сиёсий савод. Политграмота. П. Коваленко в переработке Инзертова и Захарова. 1923 Ташк.”; titulda qalamda “59”; muqova xira, to‘q dog‘lar

Bogʻliq eksponatlar: Siyosiy savod

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali