Bir muqovaga tikilgan 3 ta usmonlicha kitob (“Ibtidoiylarda turkchaning usuli tadrisi”, “Gulzori musiqiy”, “Tarixi adabiyoti Usmoniya”; Istanbul, 1322–1332)
Bir muqovaga tikilgan uchta usmonlicha kitob: boshlang‘ich maktablarda turk tilini o‘qitish usuli, “Gulzori musiqiy” qo‘shiqlar to‘plami va “Usmonli adabiyoti tarixi”.
Bir muqovaga tikilgan 3 kitob: 1) “Boshlang‘ich maktablarda turkchani o‘qitish usuli. Birinchi jild”; 2) “Musiqa gulzori”; 3) “Usmonli adabiyoti tarixi. Birinchi jild”.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0221
- Turi
- bir muqovaga tikilgan kitoblar
- Janri
- Bir muqovada: metodika, qo‘shiqlar to‘plami va adabiyot tarixi
- Muallifi
- Husayn Rog‘ib; Hasan Tahsin; F. Rashod
- Nashr joyi
- Istanbul
- Nashriyot
- turli nashriyotlar
- Yili
- 1322–1332 (taxm. 1904–1917)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Qattiq jigarrang naqshli muqova, yon tomoni qora matodan, burchaklari qizil
- Tili
- usmonli turk tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Tarkibi
- حسین راغب. ابتدائیلرده توركجهنڭ اصول تدریسی. برنجی جلد – İbtidâîlerde Türkçenin Usûl-i Tedrîsi. Birinci cild (Boshlang‘ich maktablarda turkchani o‘qitish usuli. Birinchi jild) — Husayn Rog‘ib (titulda: حسین راغب; Hüseyin Ragıp). Istanbul: Matbaai Omira, 1332; Maorifi umumiya nazorati, Ta’lif va tarjima kutubxonasi, adad: 56; گلزار موسیقی – Gülzâr-ı Mûsikî (Musiqa gulzori) — jome’ va murattibi: Maorif nazorati avroq qalami mumayyizi Hasan Tahsin (titulda: حسن تحسین). Istanbul: egasi va noshiri – Hakkoklar chorsusidagi 61-raqamli “Zafar” kutubxonasi sohibi Husayn; A. Asaduryan shirkati murattibiya matbaasi, Bobi Oliy ko‘chasi, 52; 1322; Maorifi umumiya nazoratining 322-yil muharram oyi boshi va 320-yil 6-martdagi 265-raqamli ruxsatnomasi bilan; تاریخ ادبیات عثمانیه. برنجی جلد. اثر: ف. رشاد – Târîh-i Edebiyyât-ı Osmâniyye. Birinci cild (Usmonli adabiyoti tarixi. Birinchi jild) — F. Rashod (titulda: “اثر: ف. رشاد”; Fâik Reşad) – so‘zboshiga ko‘ra Dorulfunun adabiyot tarixi va Maktabi Oliy muallimi. Istanbul: noshiri – “Dersaodat” kutubxonasi sohibi Orsen (آرسن); “Zarofat” matbaasi, Abussuud ko‘chasi, 10; yili titulda ko‘rsatilmagan
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “3” raqamli yorliq va arab yozuvida ko‘k siyohda qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq: “تورك ادبیاتی. ایستامبول. ١٣٣٢ یلده. 1332” (Turk adabiyoti. Istambul. 1332-yilda); titullarda qalamda tartib raqamlari (15, 16, 17) va “265”, “266”, “268” raqamlari
Bogʻliq eksponatlar: Bir muqovaga tikilgan usmonlicha kitoblar (“Hadiqai musiqiy” juz’lari, “Zavjam shiq emas!”, “Kichik tarixi Usmoniy”, “Antar”; Istanbul, 1905–1912)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.