Tävarix-i xämsä-i şärqi. 1-nçe cöz’: Färğanä xannarı (Tavorixi xamsai sharqiy – Sharqning besh tarixi. 1-juz’: Farg‘ona xonlari)

Tävarix-i xämsä-i şärqi. 1-nçe cöz’: Färğanä xannarı (Tavorixi xamsai sharqiy – Sharqning besh tarixi. 1-juz’: Farg‘ona xonlari)

Qurbonali Xolidiyning “Tavorixi xamsai sharqiy” asarining Farg‘ona xonlari tarixiga bag‘ishlangan birinchi juz’i.

Birinchi juz’ – Farg‘ona xonlari tarixi; muqaddimada tarix ilmining foydasi haqida; she’riy muqaddima (“Basmala” bilan boshlangan baytlar).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0218
Turi
kitob
Janri
Tarix
Asl nomi
امام قربانعلی حاجی خالد اوغلینڭ تألیفی. تواریخ خمسهٔ شرقی اسمنده. ١ نچی جزء: فرغانه خانلری (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
imom Qurbonali Hoji Xolid o‘g‘li (titulda: “امام قربانعلی حاجی خالد اوغلینڭ تألیفی”; kitob oxirida: “muallifi – imom qori Qurbonali valadi Hoji Xolidbek, Ayako‘zda tug‘ilgan, Chuguchakda yashovchi”; orqa muqovada ruscha: “имаму Курбангалію Халидову въ г. Чугучакъ, Семирѣч. обл.”) – Qurbong‘ali Xolidiy (adabiyotlarda: Qurbān-‘Alī Khālidī, Kurbangali Halidi)
Nashr joyi
Qozon
Nashriyot
“Urnek” matbaasi (Электро-тип. “Урнэкъ”)
Yili
1910
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
orqa muqovada: bahosi 2 so‘m 50 tiyin; “har huquqi muallifiga oiddir”; muallifning manzili; “ko‘p oluvchilarga so‘miga 20 tiyin tanzil qilinur”; oxirgi matn beti – 790; oxirida mundarija (fihrist)
Tili
tatar tili (turkiy; muallifning o‘ziga xos uslubida)
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada “118” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “228 – Тарихи хамса. 1910 й. Қозон. Авт. Қурбонали Ҳожи Холдор ўғли. 33”. Matn boshlangan birinchi betning tepasida binafsha siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتابنك ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitobning egasi – Abdulla Avloniy” – taxminiy o‘qilishi; yozuv boshqa kitoblardagiga o‘xshash, lekin binafsha siyohda), yonida imzo; “24 НОЯ. 1921” sana muhri; uchta kichik dumaloq muhr izi (o‘qilmadi). Titul tepasida qora qalamda arab yozuvida qo‘lda yozilgan ikki qator (o‘qilmadi; “فاطمه خانم” – “Fotima xonim” so‘zlari ko‘rinadi). Orqa pushti muqovada binafsha oval muhr: “Книжн. маг. «Калифъ», Самаркандъ” (arab yozuvida: “كتبخانهٔ خلیفه … اسحاق … سمرقند”) – Samarqanddagi kitob do‘koni muhri; shu muqovada qalamda qiya yozuv (“Ташкент” – taxminiy o‘qilishi). Qora mato muqova, ichki varag‘i pushti. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali