Osmanlı inqilabı (Usmonli inqilobi)
Jurji Zaydonning usmonli inqilobi haqidagi tarixiy romani, Ali Abbos Muznib qilgan ozarbayjoncha tarjima.
Titulga ko‘ra: Turkiya inqilobining boshlanishidan zuhurigacha bo‘lgan voqealar haqida shirin tilda yozilgan tarixiy, siyosiy va ishqiy roman; mundarija; ko‘rib chiqilgan matn – 38-fasl (“Sadr a’zam”).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0217
- Turi
- kitob
- Janri
- Badiiy nasr – tarixiy roman (tarjima)
- Asl nomi
- عثمانلی انقلابی. … مؤلفی: جرجی زیدان. مترجمی: علی عباس مذنب. نشریات برادران اوروجاوف، باكو (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Турецкій переворотъ или Низложеніе султана Абдулъ Гамида. … Изданіе Бр. Оруджевыхъ. … Баку, 1914 (rangli muqovaning ruscha tomoni; qisman xira)
- Muallifi
- Jurji Zaydon (titulda: “مؤلفی: جرجی زیدان”); tarjimon Ali Abbos Muznib (“مترجمی: علی عباس مذنب”)
- Nashr joyi
- Boku
- Nashriyot
- Aka-uka Orujovlar nashri (17-asar – titulda: “١٧ نجی اثر”)
- Yili
- 1332 hijriy (1914)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Aka-uka Orujovlarning elektr bosmaxonasi; titulda narx joyi bo‘sh (“qiymati … qapik”); rangli rasmli muqova (Niyozibek, Anvarbek va b. suratlari bilan); rasmlar bilan (sobiq sadr a’zam Komil posho surati va b.); oxirida Jurji Zaydonning boshqa tarjima romanlari e’loni (“Armanusa”, “Azroi Quraysh”, “O‘n yetti ramazon”, “Karbalo yong‘usi”)
- Tili
- ozarbayjon tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “77 – Усмонли инқилоб. Баку 1914 г. Жоржи Зайдон. Турецкий переворот или Низложение султана Абдул Гамида, перевел Али Аббас (Музниб). 184”. Titul tepasida qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتابنك ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitobning egasi – Abdulla Avloniy”), yonida imzo; “24 НОЯ. 1921” sana muhri; titulda to‘rtta kichik dumaloq muhr izi (o‘qilmadi). Shu muallifning boshqa romani – AAM-0120 (“Armanusa”), unda ham kitob egasining shunday qaydi bor. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.
Bogʻliq eksponatlar: ارمانوسه – Armanusa (Misr Armanusasi; “Египетская Арманусія”)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.