O‘tkan kunlar (o‘zbeklar turmushidan tarixiy ro‘mon). Birinchi bo‘lim

O‘tkan kunlar (o‘zbeklar turmushidan tarixiy ro‘mon). Birinchi bo‘lim

Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani – birinchi bo‘limning 1926-yilgi nashri.

“Yozg‘uchidan” so‘zboshisi (“Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydiq…”); birinchi bob – “Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li” (“1264-nchi hijriya, dalv oyining 17-nchisi…”).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0215
Turi
kitob
Janri
Badiiy nasr – tarixiy roman
Asl nomi
عەبدۇللا قادیری. ئۆتكەن كۈنلەر (ئۇزبیكلەر تۇرمۇشیدەن تەئریخی رومان). برنچی بولم. موحەرریرینڭ تۈزەتیشیدەن سوڭ ئككنچی باسیلیشی (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Abdulla Qodiriy (Julqunboy) – titulda: عەبدۇللا قادیری; so‘zboshi ostida: “Abdulla Qodiriy – (Julqunboy)”
Nashr joyi
Samarqand – Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston davlat nashriyoti
Yili
1926
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
titulda: “muharririning tuzatishidan so‘ng ikkinchi bosilishi”; shior: “Butun dunyo yo‘qsullari, birlashingiz!”
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Hajmi
128 bet (milliy bibliografiya bo‘yicha)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “262” raqamli yorliq va qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq – arab yozuvida: “عبدالله قادری. ئوتكەن كونلەر. 1926 یلدە”, ostida kirillcha: “Абдулла Қодирий. Ўткан кунлар. 1926 йил”; jigarrang naqshli muqova, yon tomoni qora matodan, burchaklari qizil

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali