Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (“Qisasi anbiyo va tavorixi xulafo”, “Ovrupo madaniyatining asosiga bir nazar”, “Uylanishda sog‘liqni saqlash”, “E’tiqod – iqtisod”; Qozon – Istanbul, 1897–1901)
Bir muqovaga tikilgan to‘rt kitob: “Qisasi anbiyo va tavorixi xulafo”, “Ovrupo madaniyatining asosiga bir nazar”, “Uylanishda sog‘liqni saqlash” va “E’tiqod – iqtisod” (tatar va usmonli turk tillarida).
Bir muqovaga tikilgan 4 kitob: 1) “Qısas-ı Enbiyâ ve Tevârîh-i Hulefâ (Qisasi anbiyo va tavorixi xulafo). Birinchi juz’”; 2) “Ovrupo madaniyatining asosiga bir nazar”; 3) “Uylanishda sog‘liqni saqlash”; 4) “E’tiqod – iqtisod”.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0162
- Turi
- bir muqovaga tikilgan kitoblar
- Janri
- Bir muqovada: tarix, publitsistika, tibbiy-ma’rifiy va diniy risolalar
- Muallifi
- Ahmad Javdat; Oqyigitzoda Muso; Horis al-Chistopoliy va b.
- Nashr joyi
- Qozon; Istanbul
- Nashriyot
- turli nashriyotlar
- Yili
- 1315 (taxm. 1897–1899) – 1901
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Qattiq ko‘k marmar naqshli muqova; kitoblarning rangli muqovalari saqlangan
- Tili
- tatar va usmonli turk tillari
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Tarkibi
- قصص انبیا و تواریخ خلفا. جزء اول – Qısas-ı Enbiyâ ve Tevârîh-i Hulefâ (Qisasi anbiyo va tavorixi xulafo). Birinchi juz’ — Ahmad Javdat (titulda: “اثر خامهٔ احمد جودت”; Ahmed Cevdet Paşa). Qozon: Karimiya matbaasi, o‘z xarajati bilan, 1901; senzura ruxsati: Sankt-Peterburg, 1900-yil 8-may; اوروپا مدنیتنك اساسنه بر نظر – Avrupa Medeniyetinin Esâsına Bir Nazar (Ovrupo madaniyatining asosiga bir nazar) — Oqyigitzoda Muso (titulda: “محرر و ناشری: آق یكیت زاده: موسی”) – titulga ko‘ra Maktabi fununi harbiyai shohona muallimi. Istanbul: (Jamol afandi) matbaasi, Bobi Oliy yonida; 1315; Maorif nazoratining 23 rabi’ul-avval 1315 va 9 aylul 1313 sanali 412-raqamli ruxsatnomasi bilan; اویلنمكده ایسانلكنی كوزتمك – Öylänmäktä isänlekne küzätmäk (Uylanishda sog‘liqni saqlash) — Horis al-Chistopoliy (titulda: “اثر: حارث الچیستاپولی”) – doktor Sh. Komilbekning “Hifzi sihhati izdivoj” asaridan iqtibos qilib yozilgan. Qozon: Karimiya matbaasi, o‘z xarajati bilan; titulda 1318 [hijriy] – 1900-yil 30-dekabr, muqovada 8 shavvol 1318 – 1901-yil 15-yanvar; senzura ruxsati: Sankt-Peterburg, 1900-yil 20-mart; اعتقاد – اقتصاد – İ’tiqad – iqtisad (E’tiqod – iqtisod) — muqovada: “damulla Orifulloh ibn Muhammad Orif Solihiyning … Shokirjon ibn Asadulloh Abu Abdulvohid al-Hamidiyning asarlaridan” (ismlar o‘qilishi aniq emas). Qozon: aka-uka Karimovlar savdo uyi bosmaxonasi, o‘z xarajati bilan, 1900
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “116” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “(21) Қасасил анбиё, тарихи хулафо. Казань 1900; 2) Европа маданиятига бир назар, авт. Оқйигитзода Муса, Стамбул 1315; 3) Ҳифзи саломатлик …, авт. д-р Ш. Комилбек, 1901; 4) Эътиқод – иқтисод, 1900 Казань, домла … Муҳаммад Ориф. 18, 19, 20, 21”. Birinchi kitob titulida qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتابنك ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitobning egasi – Abdulla Avloniy”), yonida imzo; uchta kichik dumaloq muhr izi (o‘qilmadi) va “24 НОЯ. 1921” sana muhri. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.