Târîkh-i Îrân (Eron tarixi)

Târîkh-i Îrân (Eron tarixi)

Mirzo Alixon Mutarjim us-Saltananing boshlang‘ich maktabning 5–6-sinflari uchun forscha Eron tarixi darsligi; toshbosma.

“Fasli avval. Silsilai Peshdodiyon” bobidan boshlanadi; shohlar tasvirlari bilan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0159
Turi
kitob
Janri
Darslik – tarix (boshlang‘ich maktabning 5–6-sinflari uchun)
Asl nomi
تاریخ ایران. از تکالیف سال پنجم و ششم مدارس ابتدائی. تألیف آقای میرزا علیخان مترجم السلطنه، معلم تاریخ و معین مدرسهٔ مبارکهٔ دارالفنون. (مطابق پروگرام وزارت جلیلهٔ معارف). چاپ دوم (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Mirzo Alixon Mutarjim us-Saltana – tarix muallimi, Dorulfunun madrasasining mu’ini – yordamchi muallimi (titulda shunday)
Nashr joyi
Tehron (?) – titulda shahar ko‘rsatilmagan
Nashriyot
“Iqbol” kutubxonasi (titulda: “bosish huquqi “Iqbol” kutubxonasiga maxsus”)
Yili
aniqlanmadi; muqovadagi e’londa 1335 [hijriy] (1916–1917) yilgi dastur tilga olingan, muzey kartochkasida “1335 ҳижрий”
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
toshbosma; ikkinchi bosilishi; Maorif vazirligi dasturiga muvofiq; rasmlar bilan; muqovada “Iqbol” kutubxonasining e’loni (darsliklar ro‘yxati)
Tili
fors tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada “67” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “55 – Тарихи Эрон, Оқой Мирза Алий, автор; 1335 ҳижрий; 76”. Titulda qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi: “بو كتاب ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy”), yonida imzo; titulda uchta kichik dumaloq muhr izi (o‘qilmadi). Muqova ichiga va oxiriga forscha alifbo kitobining varaqlari yopishtirilgan (“Darsi bist-u panjum” – “ی” harfi va b.; hayvon rasmlari bilan). Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali