Dürûs-ı Eşyâ. İkinci kısım (Ashyo darslari. Ikkinchi qism)
Soti’ning rushdiya sinflari uchun tabiatshunoslik (“ashyo darslari”) darsligining ikkinchi qismi.
“Mavolidi salosa” (hayvonot, nabotot, ma’daniyot) bo‘limidan boshlanadi; inson gavdasi tuzilishi (skelet, bosh suyagi, umurtqa), harakat; oxirida mundarija va xatolar jadvali.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0158
- Turi
- kitob
- Janri
- Darslik – tabiatshunoslik (ashyo darslari)
- Asl nomi
- دروس اشیا. ایكنجی قسم. رشدیه صنفلری ایچون یازیلمشدر. محرری: ساطع (kitobning o‘z yozuvida)
- Muallifi
- Soti’ (titulda: “محرری: ساطع”; Sâtı‘ Bey)
- Nashr joyi
- Istanbul
- Nashriyot
- matbaachi va noshiri: Kutubxonai Islom va Askariy – Ibrohim Hilmiy, Bobi Oliy ko‘chasi, 46
- Yili
- 1330 (hijriy bo‘lsa 1911–1912, rumiy bo‘lsa 1914–1915; titulda hisob turi ko‘rsatilmagan)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Salonik matbaasi; rushdiya sinflari uchun yozilgan; rasmlar bilan
- Tili
- usmonli turk tili
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “169” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “98 – Дуруси ашё, автор Сотеъ, г. Стамбул, 1330 ҳижрий. Животные, анатомия человека. Есть пометки А. Ав.” (ya’ni kartochkaga ko‘ra kitobda A. Avloniy belgilari bor). Titulning tepasida qora siyohda arab yozuvida qo‘lda yozilgan qayd: “طاشكند: یعقوب” (Toshkand: Ya’qub – taxminiy o‘qilishi), yonida qalamda raqam va so‘zlar, chap chetida tik yozilgan siyoh imzo (o‘qilmadi); 32-bet hoshiyasida arab yozuvida qalam bilan yozilgan bir necha qator izoh (o‘qilmadi); xatolar jadvali ostida yashil qalamda arab yozuvida bir qator (o‘qilmadi); boshqa betlarda ham qalam belgilari
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.