Bir Şi’r-i Hayâl (Bir xayol she’ri)

Bir Şi’r-i Hayâl (Bir xayol she’ri)

Xolid Ziyo Ushshoqizodaning “Bir xayol she’ri” nomli hikoyalar to‘plami, usmonli turk tilida.

Mundarijada (fihrist) o‘n to‘qqizga yaqin hikoya: “Bir shi’ri xayol”, “Bo‘yla bir kecha” (?), “Bir kichik xotira” va b.; birinchi hikoya oxirida “Konuni soniy 1311” sanasi; muqovada muallifning boshqa kitoblari ro‘yxati.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0160
Turi
kitob
Janri
Badiiy nasr – hikoyalar to‘plami
Asl nomi
عشاقی‌زاده: خالد ضیا. بر شعر خیال. صاحب و ناشری: مختار خالد كتابخانه‌سی – استانبول (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
Ushshoqizoda Xolid Ziyo (Uşşâkîzâde Hâlid Ziyâ)
Nashr joyi
Istanbul
Nashriyot
egasi va noshiri: Muxtor Xolid kutubxonasi
Yili
titulda 1330, muqovada 1331 (hijriy bo‘lsa 1912–1913, rumiy bo‘lsa 1914–1915)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
“Matbaai xayriya va sheriklari”; muqovada: “Kulliyoti osor” turkumi; “har bir haqqi mahfuzdir”
Tili
usmonli turk tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Orqa muqovada “200” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “88 [o‘chirilgan] 148 – Бир шеъри хаёл, 1331 ҳижрий, Стамбул, автор Холид Зиё”; muqova yirtilgan, namlik dog‘lari, burchagi oq qog‘oz bilan yamalgan

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali