Əlif Leyla (“Alf layla” – “Ming bir kecha”). Birinchi jild

Əlif Leyla (“Alf layla” – “Ming bir kecha”). Birinchi jild

“Ming bir kecha” (“Alf layla”) ertaklarining ozarbayjoncha tarjimasi, birinchi jild; tarjimon va noshir – Ali Abbos Muznib.

“Alf layl va layla” unvoni ostida muqaddima hikoyasi (Shahriyor va Shohzamon) bilan boshlanadi. Shu asarning ikkinchi jildi muzeyda alohida kitob holida bor.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0206
Turi
kitob
Janri
Badiiy nasr – ertaklar majmuasi (tarjima)
Asl nomi
تورك دیلنده الف لیلا. … ایكینجی طبع. ناشر و مترجمی: علی عباس مذنب مطلب زاده (kitobning o‘z yozuvida)
Muallifi
xalq kitobi (arab ertaklari majmuasi); noshir va tarjimon Ali Abbos Muznib Muttalibzoda (titulda: “ناشر و مترجمی: علی عباس مذنب مطلب زاده”)
Nashr joyi
Boku
Nashriyot
tarjimon nashri
Yili
1329 hijriy – 1911 milodiy (titulda ikkalasi ham ko‘rsatilgan)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Aka-uka Orujovlarning elektr bosmaxonasi; ikkinchi bosilishi; titulda narx joyi bo‘sh qoldirilgan (“manat … qapik”); bezakli unvon
Tili
ozarbayjon tili (titulda: “turk tilida”)
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Muqovada “132” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey qog‘ozi: “112 – Алфи лайло. 1911. Туркча. Авт. Али Аббос. II нашр”. Titulda qizil siyohda kitob egasining qo‘lda yozgan qaydi (xira; boshqa kitoblardagi “Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy” yozuvi bilan bir xil ko‘rinishda), imzo; kichik dumaloq muhr izlari (o‘qilmadi). Muqovaning ichki varag‘ida ikki muhr: qizil dumaloq – “Книжный магазинъ “Иршадъ”… Ташкентъ / Librairie “Irchad”… Tachkent” (o‘rtasida arab yozuvi); yashil to‘rtburchak – arab yozuvida “… شاهدایتوف” va sana (1914), ostida lotin harflarida “… CHAHIDAYATOFF” (ism qismi xira); muqovaning ichki varag‘ida qalamda “١٣٠٢”. Shohhidoyatov muhri boshqa bir jilddagi kitobda ham uchraydi. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0121, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Bogʻliq eksponatlar: “Əlif Leyla”nın ikinci cildi (“Alf layla” – “Ming bir kecha”ning ikkinchi jildi), Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (“Usmonli tarixining muhim sahifalari”, “Madaniyat va islom”, “At-toj al-murassa’”, “Burungi islom madaniyati”; 1907–1913), Əlif Leyla (“Alf layla” – “Ming bir kecha”). Birinchi jild – boshqa nusxa

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali