Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (“Usmonli tarixining muhim sahifalari”, “Madaniyat va islom”, “At-toj al-murassa’”, “Burungi islom madaniyati”; 1907–1913)
Bir muqovaga tikilgan to‘rt kitob: “Usmonli tarixining muhim sahifalari”, “Madaniyat va islom”, “At-toj al-murassa’” va “Burungi islom madaniyati” (ozarbayjon va tatar tillarida).
Bir muqovaga tikilgan 4 kitob: 1) “Osmanlı tarixinin mühüm səhifələri (Usmonli tarixining muhim sahifalari). “Tarixiy ahvolot sirasi”, birinchi sira”; 2) “Madaniyat va islom”; 3) “Qur’on va ilmlar javohiri bilan bezalgan toj”; 4) “Burungi islom madaniyati”.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0150
- Turi
- bir muqovaga tikilgan kitoblar
- Janri
- Bir muqovada: tarix va islom madaniyatiga oid kitoblar
- Muallifi
- Mir Abbos Mir Bog‘irov; Farid Vajdiy; Tantoviy Javhariy; G‘olimjon Ibrohimov
- Nashr joyi
- Boku; Qozon; Orenburg
- Nashriyot
- turli nashriyotlar
- Yili
- 1907–1913
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Qattiq yashil marmar naqshli muqova; kitoblarning rangli muqovalari saqlangan
- Tili
- ozarbayjon va tatar tillari
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Tarkibi
- عثمانلی تاریخینك مهم صحیفهلری – Osmanlı tarixinin mühüm səhifələri (Usmonli tarixining muhim sahifalari). “Tarixiy ahvolot sirasi”, birinchi sira — usmonlichadan o‘girib yozgan – Mir Abbos Mir Bog‘irov (titulda: “عثمانلیجهدن دوندهروب یازانی: میر عباس میر باغیراوف”). Boku: aka-uka Orujovlar nashri va elektr bosmaxonasi, 1331 hijriy (1913); narxi 40 tiyin; مدنیت و اسلام – Mädäniyät vä İslam (Madaniyat va islom) — Farid Vajdiy (titulda: “مؤلفی: فرید وجدی”); arabchadan tarjimon Zokir Qodiriy (“عربچهدن مترجمی: ذاكر قادری”). Qozon: “Sharq” kutubxonasi (matbaachi va noshiri Ahmad Is’hoq); “Urnek” elektr bosmaxonasi, 1908; التاج المرصع بجواهر القرآن والعلوم – At-toj al-murassa’ bi-javohir al-Qur’on va-l-ulum (Qur’on va ilmlar javohiri bilan bezalgan toj) — Misr ulamolaridan ash-Shayx Tantoviy Javhariy (titulda: “مؤلفی: مصر علماسندن الشیخ طنطاوی جوهری”); tarjimon – titulda “د. القادری” (Zokir al-Qodiriy bo‘lishi mumkin). Orenburg: noshiri – Petropavldagi Niyoz Muhammad Sulaymonov; Karimov, Husainov va sheriklari shirkatining matbaasi, 1907; بورنغی اسلام مدنیتی – Borınğı İslam mädäniyäte (Burungi islom madaniyati) — G‘olimjon Ibrohimov (titulda: عالمجان ابراهیمف). Ufa (titulda sarlavha ostida “– اوفا –”); Orenburg: Karimov, Husainov va sheriklarining bug‘ matbaasi, 1909; noshiri – Petropavldagi Niyoz Muhammad Sulaymonov kutubxonasi
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “125” raqamli yorliq; ichki muqovada muzey kartochkasi: “233 [o‘chirilgan] – Усмонли тарихи 1913 Боку, авт. Мир Аббос Мирбоғиров; II – Маданият ва ислом 1908 г. Казан, авт. Фарид Важди; III – Алтож ал-мурассаъ 1907 Оренбург, авт. аш-шайх Тантовий ал-Жавҳари; IV – Бурунғи ислом маданияти 1909 г. Оренбург, авт. Олимжон Иброҳимов. 68, 69, 70, 71”. Birinchi kitob muqovasida to‘rtburchak binafsha muhr – arab va lotin yozuvida (“… CHAHIDAYAT ZADE”, sanasi 1913; to‘liq o‘qilmadi) va kirillcha qalam yozuvi (“Мир Аббос Мирбоғиров … тарихи”)
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.