Kāmûsü’l-A’lâm. Birinci cild (Qomus ul-a’lom. Birinchi jild)

Kāmûsü’l-A’lâm. Birinci cild (Qomus ul-a’lom. Birinchi jild)

Shamsiddin Somiyning tarix va jug‘rofiyaga oid atoqli otlar qomusi – “Qomus ul-a’lom”ning birinchi jildi.

Tarix va jug‘rofiyaga oid atoqli otlar qomusi; birinchi jild “alif” harfidan boshlanadi.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0204
Turi
kitob
Janri
Qomus – tarix va jug‘rofiya lug‘ati (ensiklopediya)
Asl nomi
قاموس الاعلام. تاریخ و جغرافیا لغاتنی و تعبیر اصحله كافهٔ اسماء خاصه‌یی جامعدر. محرری: ش. سامی. صاحب و طابعی: مهران. برنجی جلد (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi fransuzcha yozuv: Dictionnaire universel d’histoire et de géographie par Ch. Samy-Bey Fraschery. Editeur Mihran. Tome premier. Constantinople, Imprimerie Mihran – Rue de la S. Porte N. 5-7. 1889
Muallifi
Shamsiddin Somiy (titulda: “محرری: ش. سامی”; fransuzcha titulda: Ch. Samy-Bey Fraschery; Şemseddin Sâmi)
Nashr joyi
Istanbul
Nashriyot
egasi va matbaachisi: Mehron (Mihran) – “Mehron” matbaasi, Bobi Oliy ko‘chasi, 7
Yili
1306 hijriy (1889) – titulda ikkalasi ham ko‘rsatilgan
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Maorif nazorati ma’qullab, maqtov bilan baholagan nashr; arab yozuvli va fransuzcha ikki titul; matn ikki ustunda; betlar raqami jildlar bo‘ylab uzluksiz; ichki sarlavha beti va noshirning (“sohib va tobi’ning ifodasi”) so‘zboshisi; noshir e’lonida Sh. Somiyning fransuzcha-turkcha va turkcha-fransuzcha lug‘atlari (“Qomusi fransaviy”) tilga olingan
Tili
usmonli turk tili
Yozuvi
arab yozuvi
Muzeydagi belgilar
Ichki muqovada muzey kartochkasi: “118 (2) – Қомус. Стамбул 1889, 1306 ҳижрий. I жилд. 167”. Sarlavha beti qarshisidagi bo‘sh betda binafsha siyohda usmonlicha (riq’a xatida) qo‘lda yozilgan qayd va imzo – III va IV jildlardagi bilan bir xil: kitob egasi Hasan Fahmiy afandi vafot etgach, Big‘a shar’iy noibligi o‘tkazgan kimoshdi savdosida uning merosidan sotib olingani haqida; 14 mart [1]322 rumiy (1906) (taxminiy o‘qilishi). Ichki varag‘i kulrang

Bogʻliq eksponatlar: Kāmûsü’l-A’lâm. Üçüncü cild (Qomus ul-a’lom. Uchinchi jild), Kāmûsü’l-A’lâm. Dördüncü cild (Qomus ul-a’lom. To‘rtinchi jild), Kāmûsü’l-A’lâm. Beşinci cild (Qomus ul-a’lom. Beshinchi jild), Kāmûsü’l-A’lâm. İkinci cild (Qomus ul-a’lom. Ikkinchi jild), Kāmûsü’l-A’lâm. Altıncı cild (Qomus ul-a’lom. Oltinchi jild)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali