O‘zbek tili imlosida unlilarning vazifasi haqida
S. Ibrohimning o‘zbek imlosida unli harflar masalasiga bag‘ishlangan risolasi.
O‘zbek tili imlosida unli harflarning vazifasi haqidagi risola. Bo‘limlari: “Avtordan” (so‘zboshi), “Unlilar masalasi”, “Tilimizda unlilarning ahamiyati haqida”, “Umumiy xulosalar”; oxirida so‘zlar ro‘yxati (lug‘at shaklida).
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0235
- Turi
- kitob
- Janri
- Tilshunoslik – imlo masalalari
- Asl nomi
- Өzbek tili ьmlasьda ynlilərniꞑ vəzifəsi haqьda (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: С. Ибрагимов. О функции гласных в орфографии узбекск. яз. (muqovadagi ruscha nomi)
- Muallifi
- S. Ibrohim (titulda: S. Ьbrahьm; muqovada ruscha: С. Ибрагимов)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘zbekiston Davlat nashriyoti (titulda: Өz. Dəvnəşr; muqovada: Госиздат УзССР)
- Yili
- 1934
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Mas’ul muharrir – Ulug‘ Tursun; bosmaxonaga 26.12.1933 da berilgan, bosishga 1.01.1934 da ruxsat etilgan; O‘zdavnashr № 1940; Uzlit № 1197/x; «Кр. Зв.» nashriyoti bosmaxonasi, buyurtma № 5001; adadi betning bukilgan joyida to‘liq ko‘rinmaydi (“Тираж 300…”). Titulda: O‘zSSR MIQ Prezidiumi yonidagi O‘zbekiston Yangi alifbe – til-termin qo‘mitasi va O‘zbekiston madaniy qurilish ilmiy tekshirish instituti; ramka ichida: “Өzbekistan çymhyrijət til–ьmla II qurultajьƣa baƣьşlab” (O‘zbekiston jumhuriyat til-imlo II qurultoyiga bag‘ishlab)
- Tili
- o‘zbek
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Muzeydagi belgilar
- Old muqovada “145” raqamli yorliq va narx muhri; titulda qalam bilan “38”; old muqova cheti yirtilgan
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.