O‘rta Osiyoni industrlash yo‘llari

O‘rta Osiyoni industrlash yo‘llari

V. Lavrentyevning O‘rta Osiyoni sanoatlashtirish haqidagi ma’ruzasi, o‘zbekcha tarjimasi.

O‘rta Osiyoni sanoatlashtirish haqidagi ma’ruza: titulga ko‘ra, 1928-yil 25-dekabrda SAKU iqtisod kafedrasi fraksiyasida o‘qilgan va ishlab chiqilgan. Titulda I. Zelenskiy so‘zlaridan iqtibos; matnda jadvallar, oxirida nashriyot e’lonlari.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0234
Turi
kitob
Janri
Ijtimoiy-siyosiy adabiyot – iqtisodiyot (ma’ruza; tarjima)
Asl nomi
ئورتا ئاسيانى ئيندوسترلەش يوللارى (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Вл. Лаврентьев. Пути индустриализации Средней Азии
Muallifi
V. Lavrentyev (titulda: “ۋ. لاۋرەنتيەف”; orqa muqovada: Вл. Лаврентьев)
Tarjimon
Saxovat (titulda: “سەخاۋەت تەرجەمەسى”)
Nashr joyi
Samarqand – Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston Davlat nashriyoti (titulda: “ئوز نەشر”; orqa muqovada: Узбекское Государственное Издательство)
Yili
1929
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
O‘zbekiston matbaa ishlari trestining 1-bosmaxonasi, Toshkent, 1929 (Типо-литография № 1 Узполиграфтреста); buyurtma № 2722; Okrlit № 615; 3000 nusxa. Orqa muqovada ruscha nomi: «АППО Ср.-Аз. Бюро ЦК ВКП(б). Вл. Лаврентьев. Пути индустриализации Средней Азии»
Tili
o‘zbek (ruschadan tarjima)
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Muzeydagi belgilar
Orqa muqovada “195” raqamli yorliq; old muqovaning yuqori burchagida qalam yozuvi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali