Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (“Murid”, “Yovuzlikning jazosi”, “Mirza qizi Fotima”, “Asari Ahmadbek”, 1906–1907)

Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (“Murid”, “Yovuzlikning jazosi”, “Mirza qizi Fotima”, “Asari Ahmadbek”, 1906–1907)

Bir muqovaga tikilgan to‘rt badiiy kitob: “Murid”, “Yovuzlikning jazosi”, M. F. Karimiyning “Mirza qizi Fotima” romani va Ahmadbek Javonshir she’rlari.

Bir muqovaga tikilgan to‘rt badiiy kitob: Qozonda chiqqan “Murid”, “Yovuzlikning jazosi” (Orenburgdagi adabiy musobaqada birinchi o‘rinni olgan milliy roman) va Muhammad Fotih Karimiyning “Mirza qizi Fotima” romani hamda Tiflisda bosilgan ozarbayjon shoiri Ahmadbek Javonshirning she’rlar to‘plami.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0121
Turi
bir muqovaga tikilgan kitoblar
Janri
Bir muqovada: badiiy adabiyot (roman, she’rlar)
Muallifi
turli mualliflar (tarkibiga qarang)
Nashr joyi
Qozon; Tiflis
Nashriyot
turli nashriyotlar
Yili
1324 hijriy (1906) – 1907
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Qattiq marmar muqovali jild; kitoblarning rangli muqovalari saqlangan
Tili
tatar va ozarbayjon tillari
Yozuvi
arab yozuvi
Tarkibi
مرید – Murid — Sh. A.. Qozon: “Maorif” kutubxonasi; I. N. Yermolayeva tipo-litografiyasi, 1907; یاوزلقنک جزاسی – Yavızlıqnıñ cäzası (Yovuzlikning jazosi). Milliy roman. “Adabiyot majmuasi”, 5-nchi kitob — muharriri M. G‘olimiy (titulda: م. علیمی). Qozon: Ahmadgaray Hasaniy va sheriklari; I. N. Xaritonov lito-tipografiyasi; birinchi nashr; میرزا قزی فاطمه – Mirza qızı Fatıyma (Mirza qizi Fotima). Roman. “Adabiyot majmuasi”, 2-nchi kitob, ikkinchi nashr — Muhammad Fotih al-Karimiy. Qozon: Ahmadgaray Hasaniy va sheriklari; Karimiya matbaasi, 1907; آثار احمد بک – Asari Ahmadbek (turkcha she’rlar) — Ahmadbek Javonshir; nashr etgan – marhumning qizi Hamida xonim. Tiflis: “G‘ayrat” matbaasi, 1324 hijriy – 1906 miloddiy
Muzeydagi belgilar
Muqovada “48” raqamli yorliq; birinchi kitob (“Murid”) titulida qizil siyoh bilan arab yozuvida qo‘lda yozilgan qayd (unda “Abdulla Avloniy” ismi o‘qiladi) va “24 НОЯ 1921” kutubxona muhri; ichki muqovada muzey kartochkasi. Qizil siyohdagi yozuv: “بو کتاب ایگاسی عبدالله اولانی” (“Bu kitob egasi – Abdulla Avloniy”), yonida imzo; arab yozuvli dumaloq kichik muhr izlari, “24 НОЯ. 1921” sana muhri bilan birga. Shunday qayd quyidagi eksponatlarda ham bor: AAM-0106, AAM-0108, AAM-0109, AAM-0113, AAM-0115, AAM-0120, AAM-0125, AAM-0159, AAM-0162, AAM-0169, AAM-0172, AAM-0183, AAM-0188, AAM-0189, AAM-0190, AAM-0194, AAM-0198, AAM-0206, AAM-0217, AAM-0218, AAM-0245, AAM-0249, AAM-0252, AAM-0273, AAM-0314.

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali