Bir muqovaga tikilgan 7 kitob (B. Soliyev, R. Inog‘omov, N. Rubakin, V. V. Bartold va boshq., 1922–1928)

Bir muqovaga tikilgan 7 kitob (B. Soliyev, R. Inog‘omov, N. Rubakin, V. V. Bartold va boshq., 1922–1928)

Bir muqovaga tikilgan yetti o‘zbekcha kitob: B. Soliyevning Buxoro va Hindiston tarixiga oid asarlari, R. Inog‘omov, N. Rubakin, V. V. Bartold kitoblari va boshqalar.

Bir muqovaga tikilgan yetti o‘zbekcha kitob: VKP(b) qurultoylari qarorlari, B. Soliyevning Buxoro va Hindiston tarixiga oid ikki asari, R. Inog‘omovning “O‘zbek ziyolilari”, N. Rubakinning insoniyat paydo bo‘lishi haqidagi kitobi va V. V. Bartoldning “Islom madaniyatining qisqacha tarixi”. Oxirgi betda 1978-yil 26-fevral sanali dastxat bor: kitoblarni ehtiyot qilib saqlash so‘ralgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0119
Turi
bir muqovaga tikilgan kitoblar
Janri
Bir muqovada: tarix, siyosat va madaniyat
Muallifi
turli mualliflar (tarkibiga qarang)
Nashr joyi
Toshkent; Samarqand; Moskva; Qozon
Nashriyot
turli nashriyotlar
Yili
1922–1928
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Qattiq muqovali jild; kitoblar qalam bilan 1–7 deb raqamlangan
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Tarkibi
ۋ.ك.پ.(ب) 15نچی قورولتاینینگ ریزالوتسیه ۋه قرارلاری – VKP(b) 15-nchi qurultoyining rezolyutsiya va qarorlari. Samarqand – Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1928; XIV نچی فرقه قورولتایی قاندای قرارلار چیقاردی – XIV-nchi firqa qurultoyi qanday qarorlar chiqardi — muallif nomi to‘liq o‘qilmadi; tarjima. Samarqand – Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1926; منغیتلر سلاله‌سی دوریده بخارا اولکه‌سی – Mang‘itlar sulolasi davrida Buxoro o‘lkasi — B. Soliyev (Po‘lat Soliyev). Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1925; muqovada Buxoro arki surati; ئه‌نگلیه زولمی ئاستیدا هندستان ئولکه‌سی – Angliya zulmi ostida Hindiston o‘lkasi. Ikkinchi bosma — B. Soliyev (Po‘lat Soliyev). Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1926; ئوزبیک زییالیلری – O‘zbek ziyolilari — Rahim Inog‘omov. Toshkent: O‘zbekiston davlat nashriyoti, 1926; ییر یوزیده کشیلر قاچان هم قاندای پیدا بولدیلار – Yer yuzida kishilar qachon ham qanday paydo bo‘ldilar — N. Rubakin; o‘zbekchalashtiruvchi L. Azizzoda. Moskva: Markaziy Sharq nashriyoti, 1924; قسقاچا ئیسلام مه‌ده‌نییه‌تی تاریخی – Qisqacha Islom madaniyatining tarixi — V. V. Bartold; tarjima qiluvchi J. Validiy. Qozon: Tatar Sotsialistik Sho‘ro Jumhuriyatining davlat nashriyoti, 2-davlat tipografiyasi, 1922
Muzeydagi belgilar
Muqovada qo‘lda yozilgan qog‘oz yorliq; kitoblarda qalam bilan 1–7 raqamlari; oxirgi betda “Шавкат, мен илтимос қиламан: профессор А. Авлоний китобларини…” deb boshlanadigan, “МирАкмал(?)” imzoli, 26.II.1978 sanali dastxat

Bogʻliq eksponatlar: Buxoro asorati va Ovrupo jahongirligi, O‘zbekiston ham Tojikiston, Өzbekistan tarьxь (O‘zbekiston tarixi). XV–XIX asrlar

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali