Chechan qo‘llar

Chechan qo‘llar

dostonlar to‘plami

Oydinning dostonlar to‘plami: kolxoz, ishchilar va yangi turmush mavzusidagi sakkizta doston.

Oydinning dostonlar to‘plami. Ichidagi asarlar: “Mashina qulog‘ida” (tikuvchilardan javob), “Ko‘prik ustida”, “Kolxozni mustahkamlaymiz”, “Daryo bo‘yida”, “Hujum”, “Oydin kechada”, “Stalingradga xat” va boshqalar – jami 8 ta. Orqa muqovada O‘zbek Davlat nashriyotining shu kunlarda chiqqan adabiy asarlari ro‘yxati (27 nom, narxlari bilan) berilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0004
Turi
kitob
Janri
She’riyat (dostonlar)
Asl nomi
Ajdьn. Cecən qollar (Dastanlar toplamь). Өznəşr, Taşkent – 1932 – Baku (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Айдын. Чечян коллар (поэмы). На узбекском языке
Muallifi
Oydin (Oydin Sobirova)
Nashr joyi
Toshkent – Boku
Nashriyot
O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘znashr)
Yili
1932
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Ozarnashr “Qizil Sharq” bosmaxonasi, Boku; buyurtma №58; adadi 6000 nusxa; siyosiy muharrir – G‘ayratiy, adabiy muharrir – S. Sa’dulla; muqova bezagi Iskandarovniki; narxi 25 tiyin
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Hajmi
36 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada “227” raqamli yorliq; titul yonida qo‘lda yozilgan “52/27”

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali