Oqin hukmi
hikoya
G‘ayratiyning 1930-yillar boshidagi zavod va kolxoz hayotidan olingan hikoyasi; ichida rasmlar bor.
1930-yillar boshidagi zavod va kolxoz hayotidan olingan hikoya: traktor zavodi ishchilari, zarbdor brigadalar, qishloqqa traktor yuborish kampaniyasi. Kitobda bir necha betda rasmlar bor.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0002
- Turi
- kitob
- Janri
- Badiiy nasr (hikoya), suratli
- Asl nomi
- Ƣajratьь. Aqьn hykmi. Hikəjə. Өz. Ь. Ş. Ç. Dəvlət nəşrьjatь, Taşkent – 1932 – Samarqand (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Гайрати. Акин хукми. На узбекском языке
- Muallifi
- G‘ayratiy
- Nashr joyi
- Toshkent – Samarqand
- Nashriyot
- O‘zSSR Davlat nashriyoti (Государственное издательство УзССР), O‘zdavnashr №214
- Yili
- 1932
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Uzpoligrafbirlashmasining 3-bosmaxonasi (Samarqand, Frunze ko‘chasi, 66); buyurtma №1068/214; format 125×176, 1½ bosma taboq; Grolit №146/l; adadi 5000 nusxa; ishlab chiqarishga 05.04.1932 da topshirilgan, bosishga 30.05.1932 da imzolangan; narxi 45 tiyin
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “166” raqamli yorliq; titulda qo‘lda yozilgan belgilar; titul tepasida “Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!” shiori
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.