Abdulla Avloniy portreti
rangtasvir; H. Rahmonov asaridan nusxa
Avloniy bog‘da, qo‘lida kitob bilan o‘tirgan holda tasvirlangan portret. Asl asar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi H. Rahmonovniki.
Asl portret Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida saqlanadi. U “Guliston” jurnalining 1977-yil 10-sonida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi H. Rahmonov. Abdulla Avloniy portreti” degan izoh bilan bosilgan – jurnalning shu soni muzeyda bor (AAM-0287). Muzeydagi nusxa 2003-yilda chizilgan: imzo va sana suratning pastki o‘ng burchagida. Shu portret Avloniy “Tanlangan asarlar”ining muqovasida ham berilgan (AAM-0325).
- Turkum
- Tasviriy manbalar
- Inventar raqami
- AAM-B-009
- Turi
- rangtasvir (nusxa)
- Muallifi
- H. Rahmonov (asl asar muallifi)
- Yili
- 2003 (nusxa)
- Soni
- 1
- Holati
- Yaxshi
Bogʻliq eksponatlar: Guliston jurnali, 1977, № 10, Tanlangan asarlar. 1-jild
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.