Turkiy guliston yoxud axloq
Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari: kirill yozuvidagi matn va 1917-yilgi ikkinchi nashrning faksimilesi (Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992).
Kitobda asar matni kirill yozuviga o‘girib berilgan, oxirida esa 1917-yilgi ikkinchi nashrning asl arab yozuvidagi sahifalari faksimile tarzida bosilgan (titulida: “Ikkinchi tab’i”, 1336/1917, Toshkent, “Par. Sots.-Revolyuts.” tipo-litografiyasi). So‘zboshini pedagogika fanlari nomzodi M. Mahsumov yozgan – “Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi to‘g‘risida”. Unda asar 1913-yilda yozilib, 1917-yilda ikkinchi bor nashr etilgani, katta-kichik 64 bobdan iborat ekani aytiladi.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0323
- Turi
- kitob
- Muallifi
- Abdulla Avloniy
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- O‘qituvchi
- Yili
- 1992
- Tili
- o‘zbek tili
- Yozuvi
- kirill yozuvi; faksimile qismi – arab yozuvi
- Soni
- 1
- Holati
- Yaxshi
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.