“Yoshlik kezlarimiz edi…” – Mahmud Budayli xotirasi (gazeta qirqimi)

“Yoshlik kezlarimiz edi…” – Mahmud Budayli xotirasi (gazeta qirqimi)

Qozonlik adib Mahmud Budaylining Hamza Hakimzoda Niyoziy va 1914-yildagi Toshkent haqidagi xotirasi; unda Abdulla Avloniy ham tilga olinadi.

Muallif 1914-yil boshida “Oqmulla” satirik jurnalining yo‘llanmasi bilan Toshkentga kelgani, “Sadoi Turkiston” gazetasi tahririyatida Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mirmuhsin Shermuhammedov, Hamza Hakimzoda bilan tanishganini yozadi. Avloniy haqida shunday deydi: “U o‘zbekning taniqli ziyolisi, adibi, g‘oyat hokisor, zakiy ta’b kishi edi. Gaplashganida hamsuhbatining yuziga tikka qaramas, ba’zan yangi she’rlarini muloyim ohangda o‘qib berar, tinglaganingiz uchun qayta-qayta tashakkur aytar edi.” Maqoladagi “Guliston” o‘quvchilari uchun” degan so‘zlarga ko‘ra, xotira “Guliston” jurnalida bosilgan.

Turkum
Gazeta va jurnallar
Inventar raqami
AAM-0286
Turi
gazeta qirqimi
Janri
Xotira
Asl nomi
Ёшлик кезларимиз эди… (qirqimning o‘z yozuvida)
Muallifi
Mahmud Budayli
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
kirill yozuvi

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali