Nasab qurboni

Nasab qurboni

Abdurahmon Muhammadning “Nasab qurboni” nomli to‘rt pardali musiqali dramasi.

“O‘ynovchilar” ro‘yxati (Rasul xo‘ja, Halima, Qulmat, Nurmat, Roziya, Zaynab, Rahim va b.), birinchi parda (“Sahna ko‘rinishi”) boshi va 42-betdagi oxiri (“parda tushar”).

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0146
Turi
kitob
Janri
Dramaturgiya – to‘rt pardali musiqali drama
Asl nomi
عەبدۇرەحمان موحەممەد. نەسەب قۇربانی. تورت پەردەلیك موزیكه درامه (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Габдурахман Мухамедов. Жертва честолюбия. Музыкальная драма в 4-х действиях. На узбекском языке. Центральное Издательство Народов Союза С.С.Р. Москва, Никольская, 10. По заказу Главполитпросвета Узбекской С.С.Р.
Muallifi
Abdurahmon Muhammad (titulda: عەبدۇرەحمان موحەممەد)
Nashr joyi
Moskva
Nashriyot
SSSR xalqlarining Markaziy nashriyoti; O‘zbekiston Bosh siyosiy maorif qo‘mitasining nashri (buyurtmasi bilan)
Yili
1925
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
SSSR xalqlari Markaziy nashriyotining 1-bosmaxonasi (Moskva, Nikolskaya, 10); adadi 5000 (milliy bibliografiya bo‘yicha); Glavlit № 32425; shior: “Butun dunyo yo‘qsullari, birlashingiz!”
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi – arab yozuvi asosida (1920-yillarda isloh qilingan imlo)
Hajmi
42 bet
Muzeydagi belgilar
Muqovada raqamli yorliq yo‘q; ichki muqovada muzey kartochkasi: “161 – Насаб қурбони. Жертва честолюбия, пьеса 1925 г. М. Габдурахман Мухаммад”; qalamda “37”; orqa muqovada ko‘k qalamda doira ichiga yozilgan belgi (o‘qilmadi)

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali