Bir muqovaga tikilgan 4 kitob (Fitrat va Navoiyga oid nashrlar, 1926–1927)
Bir muqovaga tikilgan to‘rt kitob: Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” hamda Navoiy va Husayn Boyqaroga oid uchta Boku nashri.
1) Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 1927) – qadimgi turkiy yodgorliklardan namunalar va Fitratning “Bir-ikki so‘z” so‘zboshisi; 2) “Buyuk turk shoiri Mir Alisher Navoiy” – besh yuz yilligi munosabati bilan (Boku, 1926), Navoiy surati bilan; 3) Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asari (Ozarnashr, Boku, 1926); 4) “Husayn Boyqaro devoni” (Ozarnashr, Boku, 1926) – “Husayn Boyqaro va devoni” kirish maqolasi bilan. Boku nashrlari 1926-yilgi Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyi munosabati bilan chiqarilgan.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0092
- Turi
- bir muqovaga tikilgan kitoblar
- Janri
- Mumtoz adabiyot matnlari va tadqiqotlari (bir muqovada bir necha kitob)
- Asl nomi
- Muqovadagi yorliqda arab yozuvida: “Fitrat. Eski turk adabiyoti namunalari. 1927 yil. Toshkent”
- Muallifi
- Fitrat; Alisher Navoiy; Husayn Boyqaro (va noshirlar)
- Nashr joyi
- Samarqand – Toshkent; Boku
- Nashriyot
- 1) O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zbekiston matbaa ishlari trestining 1-matbaasi, Toshkent); 2) Ozarbayjon Adabiyot jamiyati nashriyoti; 3–4) Ozarnashr (Azərnəşr)
- Yili
- 1927 (Fitrat kitobi); 1926 (Boku nashrlari)
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- Qattiq marmar muqovali jild; ichidagi kitoblar qalam bilan 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan. Boku nashrlari orasida “Birinchi umumittifoq turkologiya qurultoyi munosabatila” degan yopishtirilgan qog‘oz bor
- Tili
- o‘zbek tili (eski o‘zbek / chig‘atoy matnlari)
- Yozuvi
- arab yozuvi
- Tarkibi
- Eng eski turk adabiyoti namunalari. Adabiyotimizning tarixi uchun materiallar — Fitrat. Samarqand – Toshkent: O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 1927; Böyük türk şairi Mir Əlişir Nəvai. Beş yüz illiyi münasibətilə (Buyuk turk shoiri Mir Alisher Navoiy. Besh yuz yilligi munosabati bilan) — to‘plam. Boku: Ozarbayjon Adabiyot jamiyati nashriyoti, 1926 (2-son); Vaqfiya — Alisher Navoiy. Boku: Ozarnashr, 1926; Husayn Boyqaro devoni — Husayn Boyqaro; “Husayn Boyqaro va devoni” kirish maqolasi bilan. Boku: Ozarnashr, 1926
- Muzeydagi belgilar
- Muqovada “18” raqamli yorliq va arab yozuvidagi yorliq; ichki kitoblarda qalam bilan 1–4 raqamlari va “Navoiy” deb yozilgan qayd
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.