Turkiston qit’asi jug‘rofiy, tarixiy ham umroniy jihatlardan
(titulda: “Turkiston qit’asi tarixiy va jug‘rofiy jihatdan”). Birinchi tab’
Turkistonning jug‘rofiyasi, tarixi, xalqlari va maorifi hamda Buxoro va Xiva xonliklari haqidagi jadid davri kitobi.
Turkiston o‘lkasining jug‘rofiyasi, tarixi va madaniy hayoti haqidagi jadid davri kitobi. Mundarija bo‘yicha: G‘arbiy Turkiston, Turkistonning sathi, iqlim va havosi, sug‘orish, baliqchilik, Turkiston xalqi, Turkistonda islom dini, Chingizxon, Amir Temur, o‘zbeklar, qirg‘iz-qozoqlar, qoraqalpoqlar, sartlar, taranchilar, ruslarning Turkistonga kelishi, savdo va sanoat, xalq maorifi; Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona (Turkistonda jumhuriyat e’lon qilinishi, Xo‘qand tarixi), Pomir, Turkmaniston, Yettisuv viloyatlari; Buxoro xonligi (Buxoroda mashruta e’lon qilinishi, siyosiy va mulkiy idora, maorif, Hazrat Xoja Bahouddin) va Xiva xonligi.
- Turkum
- Kitoblar
- Inventar raqami
- AAM-0073
- Turi
- kitob
- Janri
- Tarix va geografiya (o‘lkashunoslik)
- Asl nomi
- مختار بكر. توركستان قطعهسی جغرافی، تاریخی هم عمرانی جهتلردن (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Ташкентъ, Типо-Лито “Союзъ Раб. Печ. Дѣла”, Шипкенская, 23, 1918 г.
- Muallifi
- Muxtor Bakir (muqovada “مختار بكر”; so‘zboshi “M. B.” imzosi bilan)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Nashriyot
- Barodaron K. ham M. Bakirovlar va kompaniyasi tijoratxonasi (noshir)
- Yili
- 1918
- Bosmaxona va nashr tafsilotlari
- “Matbaa ishchilari uyushmasi” («Союз рабочих печатного дела») tipo-litografiyasi (muqovada: Turkiston Avtonom Respublikasi tipografiyasi), Toshkent, Shipkenskaya, 23
- Tili
- o‘zbek tili (eski o‘zbek tili)
- Yozuvi
- eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
- Muzeydagi belgilar
- Titulda yopishtirilgan qog‘oz; orqa muqovada “184” raqamli yorliq
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.