Nahv. Ikkinchi kitob

Nahv. Ikkinchi kitob

O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba. 4-nchi basma

Fitratning o‘zbek tili nahvi (sintaksisi) bo‘yicha darsligi; misollar Cho‘lpon, Fitrat va Botu asarlaridan olingan.

Fitratning o‘zbek tili nahvi (sintaksisi) bo‘yicha ikkinchi kitobi. So‘zboshida muallif bu kitob o‘zbek nahvi to‘g‘risidagi “tajriba” ekanini, atamalar masalasi hali hal bo‘lmaganini, Toshkent til muallimlari bilan maslahatlashib yozganini aytadi. Mundarijada gap, gap bo‘laklari, uyushiq bo‘laklar, qo‘shma gaplar, tinish belgilari (nuqtalar va b.) kabi 23 bo‘lim; misollar Cho‘lpon, Fitrat, Botu va boshqalar asarlaridan olingan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0048
Turi
kitob
Janri
Tilshunoslik (o‘zbek tili sintaksisi bo‘yicha darslik)
Asl nomi
Fitrət. Nəhv. Өzʙek tili qaьdalarь toƣrusьda ʙir təçriʙə. Ikkinci kitaʙ. 4-nci ʙasma. Өzʙekistan Dəvlət Nəşrьjjatь, Samarqand – 1930 – Taşkent (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Фитрат. Синтаксис. На узбекском языке
Muallifi
Fitrat (Abdurauf Fitrat)
Nashr joyi
Samarqand – Toshkent
Nashriyot
O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘znashr)
Yili
1930
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
Uzpoligraftrestning 1-tipo-litografiyasi, Toshkent; Uzlit №3574; buyurtma №5102; adadi 3000 nusxa; narxi 60 tiyin
Tili
o‘zbek tili
Yozuvi
lotin yozuvi (1929–1940-yillardagi yangi alifbo)
Muzeydagi belgilar
Muqovada “154” raqamli yorliq

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali