Hisob masalasi. 2-juz’

Hisob masalasi. 2-juz’

Makotibi ibtidoiyalarimizning 3- va 4-sinf shogirdlari uchun ochiq Turkiston shevasida yozilgan masalalar. Birinchi tab’

Usuli jadid maktablarining 3–4-sinflari uchun to‘rt amalga oid hisob masalalari, javoblari bilan; masalalar mahalliy hayotdan olingan.

Usuli jadid maktablarining 3–4-sinflari uchun hisob (arifmetika) masalalari: to‘rt amal – qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish – bo‘yicha javoblari bilan masalalar. Masalalar mazmuni mahalliy hayotdan: maktab, masjid va madrasa, imomlarning tug‘ilgan-vafot yillari, bozor narxlari va h.k. Muqovada ilm haqida hadislar keltirilgan.

Turkum
Kitoblar
Inventar raqami
AAM-0044
Turi
kitob
Janri
Darslik (arifmetika – masalalar to‘plami)
Asl nomi
حساب مسئله‌سی. ٢ جزء. اثر عنایة الله داملا میرزاجان مرحوم اوغلی (kitobning o‘z yozuvida). Kitobdagi ruscha yozuv: Ташкентъ, Типо-Литографія В. М. Ильина, 1913
Muallifi
Inoyatulloh domla Mirzajon (marhum) o‘g‘li
Nashr joyi
Toshkent
Nashriyot
muallif nashri (titulda: “haq tab’i murattibiga mahfuz” – bosish huquqi tuzuvchida)
Yili
1331 hijriy, rabi’ul-avval (1913)
Bosmaxona va nashr tafsilotlari
V. M. Ilyin tipo-litografiyasi, Toshkent
Tili
o‘zbek tili (eski o‘zbek tili – “Turkiston shevasi”)
Yozuvi
eski o‘zbek yozuvi (arab yozuvi asosida)
Muzeydagi belgilar
Muqovada egasining qalam yoki siyohda yozgan qaydlari; ichki titulga yopishtirilgan kartochka: “221 – Ҳисоб масаласи, 1913, авт. Иноятулла домла Мирзажон, 83”. Shu nashrning ikkinchi nusxasi – AAM-0075

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar

Jadidchilik harakati haqida batafsil: Jadidlar portali