“Turon” truppasi spektaklining dasturi (afisha-dastur, o‘zbekcha va ruscha)
Spektakl qatnashchilari ro‘yxati: Rabil Rashod, Marvorid xonim (Rabilning xotuni), Marjon xonim (boyning qizi), Otaliq (boyning o‘g‘li), Ortiq (Marjonning kuyovi), Platon (sinib qolgan savdogarning o‘g‘li), Muxlis (jallod, Platonning otasi), Zeron (2-jallod), Karlos (zindonbon) va boshqalar; rollarda I. M. Xo‘jayev, M. Yoqubov, S. va N. Isomiddin Xo‘jayevlar, G‘. Zafariy va boshqalar. Tanaffuslarda Abdurahimboy o‘g‘li boshchiligidagi musulmon sozandalari milliy marshlar ijro etishi, o‘yin kechki soat 8 da boshlanishi aytilgan. Mas’ul mudir (ответственный распорядитель) – A. Avloniy, rejissyor – N. Isomiddin Xo‘ja o‘g‘li (Н. Исаметдинъ-Ходжаевъ), suflyor – M. Sher Muhammad o‘g‘li (Шеръ-Махомедовъ).
- Turkum
- Hujjatlar
- Inventar raqami
- AAM-0061
- Muallifi
- “Turon” teatr truppasi (Toshkent)
- Nashr joyi
- Toshkent
- Yili
- 1914
- Tili
- o‘zbek tili (eski o‘zbek tili) va rus tili
- Hajmi
- 1 varaq (ikki tomoni)
- Soni
- 1
Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.