1929-yil Samarqand til-imlo konferensiyasi hay’ati rayosati (fotosurat)

1929-yil Samarqand til-imlo konferensiyasi hay’ati rayosati (fotosurat)

Suratda 1929-yil 15–23-may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Butun O‘zbekiston til-imlochilari va adiblari konferensiyasi hay’ati rayosati a’zolari tasvirlangan. Mazkur anjuman o‘zbek adabiy tili, imlo va yangi lotin yozuvi masalalariga bag‘ishlangan eng muhim ilmiy konferensiyalardan biri hisoblanadi. Suratda 17 kishi bor (16 erkak, 1 ayol), ikki qatorda. Yuqori qatordagilar (o‘ngdan chapga): 1) Orif Olimjonov; 2) Bekir Cho‘ponzoda; 3) Aleksandr Samoylovich; 4) professor L. Sherba; 5) professor Purre (ayrim manbalarda familiyasi turlicha o‘qiladi); 6) Abdulla Avloniy; 7) professor Abdurahmon Sa’diy; 8) Chaldiyev; 9) Oydin. Pastki qatordagilar (o‘ngdan chapga): 10) G‘ozi Olim Yunusov; 11) Sariboyev; 12) Sobir Qodiriy; 13) Qayyum Ramazon; 14) Xo‘janov; 15) Abdulla Alaviy; 16) Oxundiy; 17) Abdulhay Tojiyev. Suratdagi shaxslar muzey ma’lumoti asosida aniqlangan.

Turkum
Tasviriy manbalar
Inventar raqami
AAM-0035
Muallifi
suratkash noma’lum
Nashr joyi
Samarqand
Yili
1929 (konferensiya 15–23-may kunlari bo‘lib o‘tgan)
Hajmi
1 dona fotosurat
Soni
1

Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi fondidagi eksponat. Muzey Toshkentda, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti binosida joylashgan.

Shu turkumdagi boshqa eksponatlar